Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz!” nomli sport bayrami bo‘lib o‘tdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 29 Апрел 2017 Manba:edu.uz

2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ijrosi yuzasidan “Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz” nomli sport bayrami tadbiri TTA professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida 2017 yil 28 aprel Toshkent tibbiyot akademiyasi “Shifokor” sport majmuasida madaniy–ma’rifiy sport bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasining professor – o‘qituvchilari, talabalari, xodimlari, jamoat tashkilotlari, hokimlik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirning badiiy qismi akademiyaning davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, oliy ma’lumotli hamshira, malaka oshirish fakultetlari, akademiya tasarrufidagi harbiy tibbiy fakultet, TTA qoshidagi akademik litsey, akademiya “Kamolot” YoIH BT faollaridan tarkib topgan jamoalarning tantanali paradi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida professor–o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, oilaviy estafetali yugurish va Sheyping (ritmik raqs), 100 metr, 400 metrga yugurish, tosh ko‘tarish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek sport bayrami doirasida bo‘lib o‘tgan sport musobaqalarida sovrinli o‘rinni egallagan jamoalar Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu sport bayrami doirasida aprel oyi davomida talabalar o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat, mini futbol, sheyping(ritm raqs) bo‘yicha bellashuvlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida TTAning iqtidorli talabalari, madaniyat uyi xodimlari tomonidan yig‘ilganlarga kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi.