Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Turkiya Prezidenti O'zbekistonga keldi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 18Noyabr 2016Manba:uzreport.uz

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 17 noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 18 noyabrga mo‘ljallangan.
Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.