science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA OLIY TA’LIM MUASSASASI O‘RTASIDA HAMKORLIK

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 23  Aprel 2018 Manba:edu.uz

2018-yilning 21-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Poytaxtimizda joylashgan jami 10 ta umumta’lim maktablari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmunini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori loyihasida ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, endilikda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 288- va 302-maktablar, Uchtepa tumanidagi 106- va 229-maktablar, Yashnobod tumanidagi 155-, 244- va 227-maktablar, Shayxontohur tumanidagi 59- va 102-maktablar hamda Chilonzor tumanidagi 179-maktablarga ToshDO‘TAU amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi. Memorandumda ta’lim sifatini ta’minlash va kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha tomonlarning teng huquqli hamkorligi ko‘zda tutilgan. Ko‘rsatilgan umumta’lim maktablariga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tegishli kafedralari biriktirildi. Hamkorlik asosida maktab o‘qituvchilariga uslubiy ko‘mak berish, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiya olishlarida amaliy yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.
Mazkur memorandum imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.