science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI UYUSHQOQLIK BILAN O'TMOQDA

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 18 Mart 2018 Manba:edu.uz

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida 2018 yil 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilinganidan barchamiz xabardormiz. Bu boradagi ishlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida ham jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tmoqda. Ikki kun davomida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu bilan bir qatorda hududdagi ehtiyojmand oilalar, yakka-yolg‘iz yashayotganlar, nogironlar va keksalarga ko‘maklashish bo‘yicha ham ishchi guruhlar shakllantirilgan.
Xalqimizda ayyomlar oldidan hashar o‘tkazish, atrofni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish ezgu an’anaga aylangan. Mazkur hasharda talabalar, professor-o‘qituvchilar va oliy ta’lim muassasalari xodimlari o‘zi ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan hududlarni, yashayotgan talabalar turar joylarini, ariq va zovurlar, ko‘cha va xiyobonlarni tozalash-obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizdagi 85 ta oliy ta’lim muassasasi va ularga tegishli bo‘lgan 69 ta akademik litsey hamda 250 ga yaqin talabalar turar joyida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga 80 ming nafardan ziyod o‘quvchi-talabalar va 10 ming nafarga yaqin professor-o‘qituvchi jalb etilgan.
Hashar o‘tkazilayotgan hududlar, ta’lim muassasalari va talabalar turar joylarida hasharchilarning g‘ayrat-shijoati va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida milliy musiqamiz namunalari namoyish etilib, bahoriy taomlarga boy noz-ne’matlar bilan tushlik tashkil etildi.
Hashar ishlari davom etmoqda...