science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

VAZIR TALABA-YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 7  May 2018 Manba:edu.uz

Joriy yilning 4 may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Vazir va yoshlar” mavzusida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan yoshlar, yetimlik yoki chin yetimlikda o‘sgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, iqtidorli va tashabbuskor talabalar hamda 31 yoshdan oshmagan ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarning ilm-fan va ta’lim bilan bog‘liq muammolariga qaratilgan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xususan, mamlakatimizda yoshlarni barkamol shaxs sifatida vatanparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator imtiyozlar joriy qilinib, yoshlar bilan ishlash mexanizmi tubdan o‘zgartirildi. Mazkur muloqot ham shular jumlasidan bo‘lib, buning natijasida yoshlardagi faollik, qiziqish, intilish va kelajakka bo‘lgan ishonchi yanada ortib bormoqda.
Vazir, uning o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari bilan tizimdagi yoshlar vakillari o‘rtasida maxsus jadval asosida uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Shu orqali ularning muammolarini o‘rganib, joyida bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda. Bugungi kunga qadar tizim rahbarlari ishtirokida 11 ta ochiq muloqot va uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda 56 ta yoshlar bilan bog‘liq masala ko‘tarilgan bo‘lib, hozirga qadar shundan 38 tasi o‘z yechimini topib, 18 tasi kelgusidagi rejalar qatoriga kiritildi.
Ayni vaqtda talaba va o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, ta’lim tizimida yoshlarga oid davlat siyosati va ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir ishlarni yanada takomillashtirib, yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tarkibida Talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskani tashkil etilmoqda.
Muloqot davomida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berib, ularni qiynayotgan muammolar yechimi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Galdagi ochiq muloqotni iyun oyining birinchi yarmida o‘tkazish rejalashtirildi.