Vatan ximoyachilari kuni Zarbdor tumanida ham nishonlandi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 11 Yanvar 2017 Manba:mcs.uz

Zarbdor tuman hokimligi, "Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi, tuman madaniyat va sport ishlari bo’limi, hamkorlikda tuman bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida 10 yanvar kuni soat 10:00 da 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuniga bag’ishlab 150 nafar talabalar va uyushmagan yoshlar ishtirokida "O’zbekiston mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiy faxru-g’ururimiz” shiori ostida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi xotin-qizlar masalasi bo’yicha o’rinbosari M.Jo’rayeva, "Nuroniy” jamg’armasi raisi A.Azimov, tuman madaniyat va aholi dam olish markazi mutaxassisi F.O’rozboyevlar hamda Jizzax tumani Olmachi qishlog’idagi 48254-sonli xarbiy qism pod polkovnik Vohidjon Rustamov boshchiligidagi targ’ibot guruhi ishtirok etdilar.
Tadbirni tuman hokimi o’rinbosari M.Jo’rayeva ochib berib, 14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni bayrami bilan barchani tabriklab o’tdi, shundan so’ng targ’ibot guruhi rahbari pod polkovnik Vohidjon Rustamov yig’ilgan yoshlarga Vatan ximoyasidek sharafli burch va xarbiy xizmat vatanimizdagi xar bir o’g’lonning vatan oldidagi burchlaridan biri ekanligi to’g’risida yoshlarga tushunchalar berdi, shundan so’ng tuman madaniyat va aholi dam olish markazining badiy jamoasi o’zlarining "Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” deb nomlangan konsert dasturi yig’ilgan yoshlarga namoyish etdilar. Tashkil etilgan tadbirdan yig’ilgan yoshlar mamnun bo’lishdilar.