XORIJIY DAVLATLARNING OLIY TA’LIM MUASSASALARIDAN O‘QISHNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KO‘CHIRISH UCHUN TEST SINOVLARI O'TKAZILADI.

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 13 Fevral 2018 Manba:edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393‑son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha 2017 yilning 20 dekabridan 2018 yilning 20 yanvariga qadar Vazirlikning hududiy Ishchi guruhlariga ariza va hujjatlarini taqdim qilgan fuqarolar uchun joriy yilning 14 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Bosh ilmiy metodik markazida maxsus (on-layn test) sinovlari o‘tkaziladi.