XXI asr - intellektual avlod asri

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 7 Iyun 2016 y Manba:edu.uz

Buxoro davlat universitetida yosh olimlar va talaba-yoshlarning «XXI asr – intellektual avlod asri» shiori ostidagi hududiy (Buxoro, Navoiy) ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Samarqand, Navoiy va Buxoro oliy o‘quv yurtlarining yosh olimlari va talabalari ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazishdan maqsad – iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirishda yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanishdan iborat.
Tadbir so‘nggida yosh olimlar va talabalarning chop etilgan ilmiy maqolalar to‘plami ishtirokchilarga taqdim etildi.