Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Xalq muammolari bilan yuzma-yuz: Yakkasaroy tumani sayyor qabulda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 6 Апрел 2017 Manba:edu.uz

5 aprel kuni Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan Sergeli va Yakkasaroy tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas`ul xodimlari, davlat organ xodimlari, tegishli idora rahbarlari hamda muammosi mavjud bo'lgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tuman aholisi tomonidan yo'llangan murojaatlar ko'rib chiqildi.
Joriy yilning 4 aprel kuniga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga mamlakat fuqarolari va tabdirkorlaridan Yakkasaroy tumani bo'yicha jami 6236 murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 2807tasi jismoniy shaxslardan hamda 429tasi yuridik shaxslar tomonidan yo'llangan. Ayni damda murojaatlarning 5592tasi ko'rib chiqilgan bo'lib, 644 murojaat esa ko'rib chiqish jarayonida.
Bugun o'tkazilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar to'g'ridan-to'g'ri tegishli idora rahbarlariga o'z muammolarini aytib, javob olishga muvaffaq bo'lishdi. Murojaatlarning aksariyati yechimini topdi, ba`zi muammolarni esa batafsil o'rganish bo'yicha mutasaddi idora va tashkilot vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.