Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbirlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 8 May 2016 y Manba:edu.uz

О`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish tо`g`risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23 apreldagi «Umumxalq bayrami-Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik kо`rish va uni о`tkazish masalalari tо`g`risida»gi 46-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan reja asosida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, 8 may kuni Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati, xodimlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari Mustaqillik maydonidagi Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qo`ydilar. Bu yerda jam bo`lganlar shuni alohida ta’kidlashdiki, Vatan ravnaqi, uning ozodligi, bugungi kundagi tinchlik-xotirjamlik uchun o`zimizdan o`nlab asrlar va yillar muqaddam yashab o`tgan ajdodlarimiz, shuningdek yurt tinchligi yo`lida o`z jonlarini fido qilgan zamondoshlarimizga har qancha minnatdorchilik bildirsak arziydi.