YAGONA KLUBLAR KUNI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 29 Март 2017 Manba:edu.uz

2017 yil 29 mart kuni Samarqand shahridagi Universitet xiyobonida Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan talaba-yoshlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, qiziqishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish maqsadida “Yagona klublar kuni” (ijodiy to‘garaklar va klublar taqdimoti) tadbiri o‘tkazildi. “Yagona klublar kuni”da 80 ortiq ijodiy to‘garak va klublar ishtirok etdi.
Universitetda uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Shalola” to‘garagi, “Guldasta” xor jamoasi, “Ilhom” quvnoqlar va zukkolar jamoasi, “Talaba” sport klubi qoshidagi to‘garaklar qatorida “Zakovat”, “Munozara”, “Muhokama” kabi klublar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.