science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

YOSH OLIMLAR INNOVATSION G‘OYALAR VA TEXNOLOGIYALARNI TADQIQ ETISHMOQDA

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30  Aprel 2018 Manba:edu.uz

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida “intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q” degan so‘zlari har bir tadqiqotchini o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga, tinmay izlanishga ilhomlantiradi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Yosh olimlar tadqiqotlarida innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarning o‘rni” mavzuida bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida asosiy e’tibor yosh tadqiqotchilarning yangi, ilg‘or g‘oyalariga qaratildi.
O‘zMU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Olimjon Xolmuhamedov va boshqalar 2018 yilga yurtimizda – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berilgani zamirida hamda bu borada qabul qilingan davlat dasturi va boshqa muhim hujjatlarda ta’lim tizimida innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilganini alohida ta’kidladilar.
– Davlatimiz rahbarining “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi” degan da’vat korona so‘zlari har bir yosh tadqiqotchida umid va ishonch uyg‘otmoqda,– deydi Matematika fakulteti magistranti Shomurod Shopo‘latov.– Men o‘z tadqiqotlarimda akademik Azimboy Sa’dullayevning ilmiy maktabini davom ettirishga harakat qilyapman. Matematika yo‘nalishidagi bu ilmiy maktabning fan taraqqiyotidagi o‘rni qanchalik beqiyos ekanligini dunyoga namoyish qilish maqsadida ilmiy maqolalarimni hamda dissertatsiyamni ingliz tilida yozyapman.
Darhaqiqat, har bir tadqiqot biror fan yoki sohaning nazariy jihatdan yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar esa ularni yanada takomillashtiradi va amaliyotda u o‘z samarasini ko‘rsatadi. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni o‘z vaqtida takomillashtirish hisobidan yetgani ham haqiqat. Innovatsiya – taraqqiyotga xizmat qilar ekan, ilmga chanqoq yosh iqtidor sohiblari fanda yangi kashfiyotlar, innovatsion g‘oyalar yaratishga intilaveradi.