Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Yangi ovozlar teletanlovi saralash bosqichi davom etmoqda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 21 Iyul 2016 Manba:mcs .uz

20 iyul kuni Yoshlar ijod saroyida boshlangan "Yangi ovozlar” teletanlovi saralash bosqichining ikkinchi kuni juda sermahsul bo‘ldi.
18-30 yoshdagi havaskorlar va professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan iste’dodlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan teletanlovning ikkinchi kunida ham 100 nafardan ziyod talabgor o‘zaro bellashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro hamda Jizzax viloyatlaridan tashrif buyurgan teletanlov ishtirokchilarining chiqishlari nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan odilona baholab borildi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar jahon va o‘zbek milliy xonandaligi yo‘nalishidan ijod namunalarini ijro etishdi.
Ularning ijro mahorati, musiqiy asarni tinglovchiga yetkaza olishi va ovoz imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratildi.
Aytish joizki, Yoshlar madaniyat va san’at markazi davlat unitar korxonasi va bir qator taaluqli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan yorqin loyihalardan biri bo‘lgan "Yangi ovozlar” teletanlovi yaratayotgan ijodiy maydon kun sayin kengayib bormoqda. Sog‘lom raqobat maydonida yoshlar o‘z iqtidorlariga ko‘ra saralanmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichining so‘nggi kunida ya’ni 22 iyul kuni Toshkent shahri vakillari o‘z iqtidorlarini namoyish etadilar.