Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Yosh chegarachilar harbiy-vatanparvarlik musobaqalarining respublika final bosqichi qizg'in pallada

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 6 May 2016 y Manba:uzreport.uz

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida «Yosh chegarachilar» harbiy-vatanparvarlik musobaqalarining respublika final bosqichi bo’lib o’tmoqda. Mazkur musobaqalarning tuman, shaxar va viloyat bosqichlari joriy yilning mart-aprel oylarida bo'lib o'tgan. Respublika bosqichida ishtirokchilar ijtimoiy siyosiy va huquqiy bilimlarini namoyish etish bilan bir qatorda harbiylashtirilgan shartlarni ham bajarishmoqda.
«Yosh chegarachilar» harbiy-vatanparvarlik musobaqalarining respublika bosqichida mamlakatimiz chegara oldi hududlarida joylashgan o'rta maxsus ta'lim muassasalarining 130 nafar o'quvchilari ishtirok etmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida ishtirokchilar tashrif buyuruvchilar va hay'at a'zolariga, o'zlari maxsus tayyorlab kelgan jamoaning harbiy varaqalari, erishgan yutuqlari jamlangan albom va vimpellarini namoyish etishdi. Vimpellar musobaqa nizomida belgilab berilgan hajmda tayyorlanib asosan qo'l mehnati yordamida ishlangan. Shuningdek jamoalar maxsus ustki kiyimlarini namoyish etgan holda safda yurish ko'nikmalari hamda bu jarayonda qo'shiq kuylash mahoratlarini belgilab berilgan shartlar orqali namoyish etishdi.
Shular bilan bir qatorda, jamoalar musobaqaning birinchi kunida ijtimoiy-siyosiy va huquqiy tayyorgarlik hamda davlat chegarasi to'g'risidagi bilimlarini sinovdan o'tkazib, AKM avtomatini qismlarga ajratish va yig'ish, 1000 metr va 100 metrga yugurish, turnikda tortilish hamda ingliz tilidan test sinovi shartlarida o'zlarining mahoratlarini namoyish etishdi. Qayd etish kerakki, har bir shart davomida hay'at a'zolari jamoalarning chiqishlarini baholab borishdi. Musobaqaning ikkinchi kunida esa bo'lajak vatan himoyachilari harbiy dala o'quv-mashq maydonida azimut bo'yicha harakatlanish, mina maydonidan o'tish, granata uloqtirish, o'q dorilarni tashish singari shartlarni bajarishadi.