Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 24 Март 2017 Manba:edu.uz

Dunyoda jinoyatchilik va uni oldini olish ming yillardirki dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu muammo mamlakatimizni ham chetlab o‘tmagan. Xususan, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohati etkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlar sodir etilishda davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda haftaning har payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qildilar.
Shu qatorda Prezidentimiz tomonidan xaftaning payshanba kunini «Jinoyatchilikni oldini olish va profilaktika kuni» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2017 yilning 23 martida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar doirasida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy bo‘shliqni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda axborot vositalaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish, yosh avlod o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, yosh iste’dod egalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iborat.
Uchrashuv tadbirida Xorazm viloyat prokuraturasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Urganch shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, filial direktori R.Yu.Ruzibaev, Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yakubov, Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Jumaniyazov, fakultet dekanlari, filial professor-o‘qituvchilari hamda filial talabalari ishtirok etishdi.
E’tirof etish joiz, ta’lim muassasalarida bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga va yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jonli muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.