Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Davlat ramzlari

Messenger

Universitet Kengashi

Kiritdi: Administrator | O'zgartirigan sana : 04 iyun 2015

Universitet Kengashi oliy kollegial organ bo`lib, barcha yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Dolzarb vazifalarni tezkor va sifatli hal qilish bo`yicha qarorlar qabul qiladi. Universitet rektori Kengash raisi sanaladi. Kengash tarkibida prorektorlar, dekanlar, universitetning yetuk professor-o‘qituvchilari, jamoat tashklotlari yetakchilari faoliyat ko‘rsatadi.

Universitet Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 9 dekabrdagi 345-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi to‘g‘risida Nizom» asosida ishlab chiqilgan, Kengashning 2013 yil 24 iyundagi 14.3.1-sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi “UrDU Kengashi Nizomi” asosida amalga oshiradi.

Universitet Kengashi:

- kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarning bajarilishi;

- fakultetlar o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari, shuningdek, litsey faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, qabul natijalari to‘g‘risida qabul komissiyasining hisobot, xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risida marketing xizmatining hisobotlarini eshitish;

- talabalarning yillik malakaviy amaliyotiga yakun yasash va ularni yaxshilash bo‘yicha metodik tavsiyanomalar, dasturlar, konsepsiyalar;

- ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy rejalar va professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish;

- monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va il¬miy, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash va ularni nashrga tavsiya qilish;

- fakultet va kafedralar ochish, ularni optimallashtirish va tugatish bilan bog‘liq masalalar;

- marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) ni ochish yoki tugatish;

- Oliy attaetsatsiya komissiyasiga professor, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya qilish;

- universitet professor-o‘qituvchilariga doktorlik dissertatsiyalari, monografiya va darsliklarni nihoyasiga yetkazish uchun ijodiy ta’til berish;

- «Oliy o‘quv yurtlari pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar;

- doktorantura va oliy o‘quv yurti ta’limidan keyingi boshqa ta’lim shakllariga nomzodlarni tavsiya etish;

- universitetda tahsil olayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning hisobotini eshitish;

- fakultet kengashlarining tavsiyasi asosida universitetda nomli stipendiyalar ta’sis etish;

- oliy ta’lim muassasasining a’lochi-talabalari va magistrantlari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya etish;

- universitetning uzoq muddatli va yillik moliya, tadbirkorlik va xo‘jalik ishlari faoliyatini takomillashtirish rejalarini tasdiqlash va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini eshitish;

- oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirish rejalarini muhokama etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoqlarining hisobotini eshitish;

- universitetning ilmiy-tadqiqot, o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, tadbirkorlik, xo‘jalik ishlariga taalluqli bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlarining hisobotini eshitish va universitet faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa dolzarb vazifalarni muhokama qiladi.