Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Davlat ramzlari

Messenger

Pedagogik amaliyotlar

Kiritdi: Administrator | O'zgartirigan sana : 30 oktabr 2016

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovi har yili ko’tarinkilik ruhida tashkil qilinib kelmoqda. 2016 yil 30 oktabr kuni Buxoro shahrida ushbu tanlovning mintaqaviy bosqichi tashkil etildi va tanlovda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari o’zaro kuch sinashdilar. Juda qiziqarli o’tgan mazkur tanlovda ishtirok etgan barcha jamoalar o’zlarining shijoati, intellektual va ijodiy salohiyatlarini to’la namoyon etishga muvaffaq bo’ldilar. Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari orasida o’tkazilgan hududiy bosqichda g’olib bo’lib, mintaqaviy bosqichda ishtirok etgan Urganch davlat universitetining “Al-Xorazmiy vorislari” jamoasi o’ziga xos badiiy chiqishlari, ilgari surilgan taklif va mulohazalarining dolzarbligi, siyosiy-huquqiy bilimlarining yuqoriligi, nazariy bilimlarining hayotga tadbiq etilganligi kabi jihatlarini namoyish qilishga erishdi. Jamoaning sahnaviy ko’rinishlarni tayyorlashda o’ziga xos milliylik, mazmundorlikka, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga, ular mohiyatini oddiy va halqchil tarzda ochib berishga, voqea-hodisalarni mahorat bilan ijro etishi tomoshabinlarda yuqori ta’surot qoldirdi. Sog’lom raqobat muhitida o’tgan bellashuvda “Al-Xorazmiy vorislari” jamoasi ko’rik tanlovning 5 ta sharti bo’yicha 196 ballni qo’lga kiritdi va “Tafakkur sinovlari” ko’rik tanlovida qatorasiga uchinchi bor mintaqaviy bosqichda g’oliblikni qo’lga kiritib, Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.