Urganch davlat universitetining talabalar turar joyi ARM o'quv zalida a “JINOYATSIZ KELAJAK SARI” mavzusida o'tkazilgan uchrashuv

Kiritdi: | O'zgartirigan sana : 2018-04-04



O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori tomonidan Urganch davlat universitetida “JINOYATSIZ KELAJAK SARI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirni O‘zXDP Xorazm viloyat kengashi YOshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektor mudiri X.YUldashev ochib berdi va kun tartibidagi masala yuzasidan gapirib o‘tishdi. Tadbir davomida Urganch shahridagi 3-son “Ma’rifatchilar” MFY raisi A.Hajiev, 2-son IIB XPPXMPI katta leytenanti O.Rahimberganov, 3-son “Ma’rifatchilar” MFY mas’ul kotib X.Xolmetova, 3-son “Ma’rifatchilar” MFY xotin qizlar masalalari bo‘yicha SH.Jumanyozova, shoir va yozuvchi O‘.Davletovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Urganch shahridagi 3-son “Ma’rifatchilar” MFY raisi A.Hajiev kun tartibidagi masala yuzasidan yurtdoshlarimizning osuda hayotini ta’minlash maqsadida o‘tgan bir yil davomida qonunlar, davlatimiz rahbarining qator Farmon hamda qarorlari qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilayotganligi, bu borada “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror, ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2017 yil yil 30 iyunida mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ham aynan shu jihatlarga alohida e’tibor qaratib, yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy vazifa bo‘lib turibdi”, — deya ta’kidlagan edi. Xalqimizda tinchlik va osoyishtalik qadrini, uning hayotimizda tutgan o‘rnini teran ifodalaydigan o‘gitlar, maqollar ko‘p. Masalan, “YOshlarga e’tibor, kelajakka e’tibor” yoki “Bir kun janjal chiqqan joydan qirq kun baraka ko‘tariladi”. Bularning tub mohiyatida teran haqiqat mujassam: elimiz hamma zamonda tinch-osoyishta hayotni qadrlagan, shu yo‘lda bor salohiyatini sarflagan degan fikirlarini aytib o‘tdi.
Tadbirda shu kabi yutuqlar bilan birga mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida ham so‘z yuritildi.
Urganch shahar 2-son IIB XPPXMPI katta leytenanti O.Rahimberganov, yoshlarga. Huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlari doirasida bir qator amaliy ishlar olib borilayotganligini batafsil tushuntirib berdi. Masalan, joylardagi mahalliy hokimliklar, huquq-tartibot idoralari va keng jamoatchilik vakillari xonadonlarga borib, mavjud holatni o‘rganish barobarida, pasport-viza qoidalariga rioya etilishi, huquqbuzarliklarga imkon beradigan sabab hamda shart-sharoit tahlil qilinayotganligi. Bunday tadbirlar mahalla, korxona-tashkilot va ta’lim muassasalarida ham tashkil etilayotganligi. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish — doimiy e’tiborda ekanligi to‘g‘risida hamda talabalarga prfilaktika tadbirlarida va tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorat maskanlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi, shuningdek talabalardan ushbu loyixada faol qatnashib, jamoatchilik nazorati faoliyatida qilinayotgan islohatlarga o‘z xissalarini qo‘shishlarida faol ishtirok etishga chaqirdi.
Ma’ruzalardan so‘ng, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. O‘tkazilgan tadbir yuzasidan Urganch davlat universiteti tarbiyachi-pedagog A.Matmuratov o‘z fikrlarini bildirdi va tadbir ishtiroqchilariga minnaddorchilik bildirdi.