Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Xorijiy fuqarolar qabuli uchun
ursubox@gmail.com +99862 224 66 11
Muddat 20 avgust 2018 yil

Kontrakt to'lovlari miqdori

olimp science

Davlat ramzlari

Diqqat!!! Hurmatli SIRTQI ta'lim abiturientlari, test sinovlariga ushbu grafik asosida Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasiga (passport va DTM ruhsatnomasi bilan) borishingiz so'raladi.

Urganch davlat universiteti talabalar turar joyi

Urganch davlat universiteti talabalar turar joyi Urganch shahri, Ma’rifatchilar ko‘chasi 11-uyda joylashgan. Talabalar turar joyi 4 ta binodan iborat bo‘lib, 1058 nafar talaba sig‘imga ega.
Talabalar turar joyida 12 ta madaniy dam olish xonalari, 1 ta ARM filiali o‘quv zali,1 ta kompyuter zali, 1ta tarbiyachilar xonasi, 1ta ota-onalar xonasi, 20 ta yuvinish xonalari (261 o‘rinli), 13 ta gigiena xonalari (17 o‘rinli), 20 ta dush xonalari (189 o‘rinli), 20 ta xojatxonalar (162 o‘rinli), 32 ta oshxonalar, 16 ta kir yuvish xonalari, 1 ta bufet va 1 ta oshxona mavjud. Ularda ko‘rsatilayotgan xizmatlar namunali darajada. Talabalar turar joyiga oid ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Talabalar turar joyining barcha qavatlarida 16 ta hamda xududlarida 5 kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bundan tashqari talabalar turar joyining kirish qismiga turniket qurilmasi bilan jihozlangan.
Talabalarning yashayotgan xonalarida barcha zarur yumshoq va qatiq mebel (stol-stullar, pardalar, gilamlar, kiyim saqlash shkaflari, ilgaklar, kitob javonlari, tumbalar, oyoq kiyim saqlash qutilari, ovqatlanish va dars tayyorlash stollari) jihozlari, choyshab jamlanmalari bilan ta’minlangan.
Binolar markaziy kanalizatsiya tizimiga ulangan. Binolar issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan bo‘lib, 4 ta binoda 80 ta yuvinish uchun aristonlar o‘rnatilib, barchasi soz holatda ishlab turibdi.
Talabalar turar joyining har bir qavatda 2 tadan oshxonalar mavjud bo‘lib, ularning sanitariya gigienik holatlari talabga javob beradi, kerakli mebel jihozlari bilan ta’minlangan. Oshxonada ma’sul shaxslar va kundalik navbatchilik grafigi tuzilgan bo‘lib, ovqat tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Oshxonalarda 69 ta elektr plitalari, 38 ta sovutkichlar mavjud.
Talabalar turar joyida 1 ta bufet va 1 ta oshxona mavjud bo‘lib, ishlash vaqti ertalabki soat 7-00 dan kechki 21-00 gacha belgilangan.
Talabalar turur joyidagi o‘quv zalida 2088 nusxa kitoblar mavjud bo‘lib, shulardan 532tasi darsliklar, 619 tasi o‘quv qo‘llanma, 82 tasi badiiy adabiyotlar, qolgan 855 tasi ilmiy va boshqa adabiyotlardan iborat. SHu bilan bir qatorda 21 turdagi vaqtli matbuot nashrlar bilan ham ta’minlanib borilmoqda. O‘quv zalidan talabalar kechqurun 22:00 gacha foydalanishlari mumkin.
Talabalar turar joyida 60 ta o‘rinli o‘quv zali mavjud, yana kampyutor o‘quv zali ham bor. Kampyuter zalidagi kompyuterlar soni 20 ta bo‘lib, barchasi internetga ulangan. Bundan tashqari talabalar o‘zlarining notebook, netbook va shunga o‘xshash qo‘rilmalari bilan WIFI tizimiga ulanib o‘zlariga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni internetdan, elektron kutubxonadan olishlari mumkin.
Talabalar turar joyida yashovchilar uchun 12 ta madaniy dam olish xonalari mavjud bo‘lib, dumaloq stol va yumshoq kursilar bilan ta’minlangan. Xonalarda kitob javonlari mavjud bo‘lib, ularda kundalik jurnal va gazetalar hamda badiiy kitoblar mavjud. Bundan tashqari 16 ta bino foyelari yumshoq mebellar bilan ta’minlangan va barchasida zamonaviy televizorlar mavjud.
Talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun sport xonalari mavjud bo‘lib, ularda stol o‘yinlari (tennis, shaxmat, shashka), qo‘l kuchlanish anjomlari (turli giryalar, kuchlanish – trenajyor anjomlari), shuningdek talabalar turar joyi qoshida talabalarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun futbol, voleybol, mini futbol, qo‘l to‘pi maydonchalari mavjud.