Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Ayni kunlarda Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i K.Babadjonov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” bo‘limi boshligʻi H.Shihovalardan iborat ishchi guruh tomonidan universitetning barcha fakultetlari professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari hamda tyutorlari bilan targʻibot-tashviqot uchrashuvlari oʻtkazilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun, 23-iyun kuni Sh.Kuramboyev rahbarligidagi Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan oʻtkazildi.

Uchrashuvda taʼlim sifatini yanada oshirish, odob-axloq va ichki-tartib qoidalariga boʻysunish, talabalarni bilimini oshirishda maʼlumotlarni toʻgʻri yetkaza bilish va til oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish, hemis va modul tizimlaridan samarali foydalanish, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, talabalar oʻrtasida hamda universitetda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish va bunda keng jamoatchilik ishtirokini kengaytirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha soʻz yuritdilar.

 Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan qonunlar va qonunosti hujjatlari, “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi, yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berdilar.

Uchrashuv asnosida, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari yuz bergan taqdirda vazirlikning @anticoredu  hamda universitetning @UrDUCorBot  telegram botlariga murojaat qilishlarini soʻradilar.

Oʻz navbatida bu borada fakultet jamoasining ham fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

urdu.uz, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ulashish