Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

"Dekan kubogi 4-mavsum" zakovat turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

30-iyun — "Yoshlar kuni" munosabati bilan bugun Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti tomonidan o‘tkazilgan tadbir, loyiha va tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalarni Taqdirlash marosimi va "Yoshlar oyligi" doirasida tashkil etilgan "Dekan kubogi 4-mavsum" zakovat turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Davletov ochib berib, barcha talaba-yoshlarni kirib kelayotgan bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan so'ng, "Dekan kubogi 4-mavsum" zakovat turnirining final bosqichi start oldi. Qur'a tashlash bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan jamoalar o'rtasida yarim final va final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Qizg'in o‘tgan bahslardan so'ng:
1-o‘rin: "Albion" jamoasi 
2-o‘rin: "Invictus" jamoasi 
3-o‘rin: "Victory" jamoasi 

Tadbir yakunida g‘oliblar va "Yoshlar oyligi" da munosib ishtirok etgan talabalar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

urdu.uz, "Dekan kubogi 4-mavsum" zakovat turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ulashish