Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"She’riyat shohsupasi” ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi


Bugun, 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Filologiya fakultetida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Yil talabasi - 2022" tanlovining taqdirlash marosimi hamda "She’riyat shohsupasi” ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi taniqli shoir Usmon Azim hamda Anna Ahmatova ijodiga bag'ishlandi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor S.Davletov kirish so'zi bilan ochib berdi. Bayram munosabati bilan talaba-yoshlarni muborakbod qilib, kelajakda ulkan marralarni zabt qilishlarida omad va zafarlar tiladi.

Tadbirni tashkillashtirishda munosib hamkorlik ko'rsatib kelayotgan O'zLiDeP Xorazm viloyati kengashi rahbari o'rinbosari Sh.Atajonov hamda partiya Yoshlar bilan ishlash bo'limi rahbari Sh.Yaqubova talaba-yoshlarga bayram tabrigini yetkazib, faol talabalarga esdalik sovg'alarini topshirdilar.

Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining 7 nafar ishtirokchilari barcha shartlarda faol qatnashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o'rin: 204-guruh talabasi Ismoilova Kamola
1-o'rin: 211-guruh talabasi Axyarova Nasiba
2-o'rin: 203 -guruh talabasi  Mamatsalayeva Roziyaxon
3-o'rin: 207-guruh talabasi Po'latova Rohila

Filologiya fakultetida o'quv yili davomida o'qish jarayonida faol ishtirok etgan talabalar, tyutorlar, guruhlar maxsus nominatsiyalar bo'yicha munosib taqdirlandilar.
Tadbirning badiiy qismi 196-guruh talabalari tomonidan tashkillashtirilib, sahnada mahurat bilan ijro etilgan chiqishlar, talabalar erishayotgan muvaffaqiyatlar, universitet miqyosida o'tkazilayotgan ko'rik-tanlovlarning yoshlar hayotidagi ahamiyati borasidagi videorolik, go'zal kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi. 

Tadbir so‘nggida tanlov  g‘oliblari hamda  yilning faol talabalariga turli nominatsiyalar bo'yicha Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipov, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova, fakultetning bir guruh professor-o'qituvchilari tomonidan Faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

urdu.uz, "She’riyat shohsupasi” ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

Ulashish