Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektorining bayram tabrigi


urdu.uz, Qadrli yoshlar, aziz talabalar!  Siz, aziz o’g’il-qizlarimni, sizlarning timsolingizda Oʻzbekiston yoshlarini yurtimizda keng nishonlanayotgan yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.  Bugun universitetimiz talabalari o‘z bilimlari va iqtidorlari bilan o‘z tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, azmu shijoatli, navqiron yigit-qizlarimiz o‘z sohalarida, jamoat ishlarida yutuqlarga munosib bo‘lishmoqda. Talabalarimizning turli jabhalarda faoliyat yuritib kelayotganligi va ularning ulkan natijalarga erishayotganligi, albatta, bizni quvontiradi. Talabalarimiz o‘rtasida turli tanlovlar tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, yoshlarimizni hayotga tayyorlash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Biz talabalarimizga nafaqat o‘z sohalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, balki mamlakatimiz hayotidagi demokratik jarayonlarda faol ishtirok etishiga, ularning siyosiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Universitetimizning har bir talabasi O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishdek buyuk ishga o‘z hissasini qo‘shishi, shuningdek yoshlarning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Muhtaram Prezidentimiz boshlagan ishlarini davom ettirib, uning ijrosini ta’minlab, yangi, yanada yuksak bosqichlarga chiqishi zarurdir.   Hurmatli talabalar!  Ishonchim komil, Sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz. Yana bir bor Siz, aziz talabalarni Yoshlar kuni bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.  Yangi O‘zbekiston yoshlari, sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan sizlarni yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.    Urganch davlat universiteti rektori   Baxrom AbdullayevQadrli yoshlar, aziz talabalar!

Siz, aziz o’g’il-qizlarimni, sizlarning timsolingizda Oʻzbekiston yoshlarini yurtimizda keng nishonlanayotgan yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bugun universitetimiz talabalari o‘z bilimlari va iqtidorlari bilan o‘z tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, azmu shijoatli, navqiron yigit-qizlarimiz o‘z sohalarida, jamoat ishlarida yutuqlarga munosib bo‘lishmoqda. Talabalarimizning turli jabhalarda faoliyat yuritib kelayotganligi va ularning ulkan natijalarga erishayotganligi, albatta, bizni quvontiradi.
Talabalarimiz o‘rtasida turli tanlovlar tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, yoshlarimizni hayotga tayyorlash, uyushmagan yoshlar bilan ishlash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Biz talabalarimizga nafaqat o‘z sohalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, balki mamlakatimiz hayotidagi demokratik jarayonlarda faol ishtirok etishiga, ularning siyosiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.
Universitetimizning har bir talabasi O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishdek buyuk ishga o‘z hissasini qo‘shishi, shuningdek yoshlarning orzu-intilishlari, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida Muhtaram Prezidentimiz boshlagan ishlarini davom ettirib, uning ijrosini ta’minlab, yangi, yanada yuksak bosqichlarga chiqishi zarurdir.


Hurmatli talabalar!

Ishonchim komil, Sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz. Yana bir bor Siz, aziz talabalarni Yoshlar kuni bilan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

Yangi O‘zbekiston yoshlari, sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan sizlarni yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.

 

Urganch davlat universiteti rektori

 Baxrom Abdullayev

Ulashish