Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Universitetimizda “To’maris izdoshlari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda

Bugun, 11-noyabr kuni Urganch davlat universitetida Xotin-qizlar Maslahat kengashi, Iqtisodiyot fakulteti hamda universitetning hamkor mahallalari  tomonidan  “To’maris izdoshlari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu tadbirlar oʻz ishini  universitet iqtidorli talaba-qizlari va mahallalarning hunarmand  faol ayollari, qoʻli gul yoshlari tomonidan tayyorlangan amaliy sanʼat va hunarmandchilik mahsulotlarining koʻrgazmasi bilan boshladi. 

Koʻrgazmada barcha fakultet talaba-qizlarining va mahalla yoshlarining oʻz qiziqish va iqtidorlarini keng namoyon qiladigan hunarmandchilik buyumlari namoyish qilindi. Unda UrDU rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, tyutorlari, talabalari hamda mahallalardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar. 

 Koʻrgazmaning ochilish marosimida UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan nutq soʻzladi. Xususan, keyingi yillarda  mahalla va universitet hamkorligi tobora mustahkamlanib borayotganligi, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishda va ularni kasb-hunarga yoʻnaltirishda bu kabi bayramona tadbirlar hamisha davom etajagini alohida taʻkidladi. Shuningdek, senator F.Saʼdullayeva, UrDU professori S.Masharipova, Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Abdullayevlar tabrik soʼzlari bilan qatnashdilar. UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva  mehmonlarni ushbu marosimning kun tartibidan oʻrin olgan tadbirlar bilan tanishtirib, barchani faol ishtirok etishga chaqirdi. 

“To’maris izdoshlari” mavzusidagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar davom etadi...

urdu.uz, Universitetimizda “To’maris izdoshlari” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda

Ulashish