Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“To’maris izdoshlari” madaniy-maʼrifiy tadbirining taqdirlash marosimi va konsert dasturi boʻlib oʻtdi

Tadbirni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, universitetda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, xususan, talaba-qizlar uchun imkoniyatlarga alohida toʻxtaldi. Mahallalar bilan hamkorlikning tobora kengayib borayotganini qayd etdi. 

Shuningdek, tadbirda Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i G.Qurbonboyevaning tabrik soʻzlari tinglandi. 

Badiiy kechada hamkor mahallalarning faol ayollari, iqtidorli yoshlari, “Maʼrifat” mahallasi nuroniylari, universitet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. 

Tadbir avvalida milliy liboslar ko’rgazmasi namoyish etildi. Unda talaba-qizlar Xorazm milliy qadriyatlarini ifodalovchi 3 xildagi anʼanaviy milliy etno-liboslarini tadbir mehmonlari eʼtiboriga havola etdilar.

Tadbirda taqdim etilgan Pedagogika fakulteti iqtidorli talabalarining ijodiy chiqishlari, orkestr jamosi  va   “Xalq cholgʻulari” ansamblining chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashib, birday manzur boʻldi.

Badiiy kechaning taqdirlash qismida mahallalarning iqtidorli yoshlari, ilgʻor ayollari va UrDU “Qizlarjon klubi” faollari Urganch davlat universiteti tomonidan, shuningdek, UzLiDEP va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashining “Ayollar qanoti” rahbarlari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, “To’maris izdoshlari” madaniy-maʼrifiy tadbirining taqdirlash marosimi va konsert dasturi boʻlib oʻtdi

Ulashish