Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yo'l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan uchrashuv


 Yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish,  bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, transport va piyodalar, jumladan, yoshlar ishtirokidagi YTHlarning  oldini olish borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish – inson umri uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. 

     Joriy yil 12-noyabr kuni UrDU Tabiiy fanlar fakultetida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi 1-safarbarlik guruhi komandiri, kapitan Doniyor Sa'dullayev ishtirokidagi uchrashuv ham ayni shu maqsadda tashkil etildi. Uchrashuv "Umr - tezlikdan muhimdir" hamda "Xavfsizlik kamari-hayot garovi" mavzulari atrofidagi inson hayoti, sogʻligʻi va kelajagi uchun dolzarb boʻlgan tavsiyalar, hayotiy misollar haqida boʻldi. Talaba-yoshlar soha mutaxassisidan  yoʻl harakati qoidalari va xavfsizligi borasida zarur bilimlar oldilar. 

Unutmang: har bir harakat ishtirokchisi oʻzining va oʻzgalarning xavfsizligini taʼminlashga masʼuldir!

urdu.uz, Yo'l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan uchrashuv

urdu.uz, Yo'l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan uchrashuv

urdu.uz, Yo'l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan uchrashuv

Ulashish