Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Unutmas meni bogʻim…


  O‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir xalqimizning mashhur farzandlaridan biridir. 

     Shoir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirishni maqsad qilgan Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi 125-sonli qarori  (https://lex.uz/uz/docs/-5854133)bugun barcha taʼlim dargohlarda oʻz ijrosini topmoqda. 

    Shu yilning 12-noyabr kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti tashabbusi bilan  “Unutmas meni bogʻim…” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

     Unda Xorazm viloyati Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, universitet rahbariyati, Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari, talabalar, Usmon Nosir sheʼriyati ixlosmandlari ishtirok etdilar.

  Adabiy-badiiy kechani UrDU Birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, Usmon Nosirning hayoti va faoliyati, uning qatag‘on davrida kechgan yillariga toʻxtaldi. Shoirning yetuk badiiy asarlari xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligini qayd etdi. 

  Shuningdek, “Oltin meros” jamgʻarmasi Xorazm viloyati boʻlimi raisi, oʻlkashunos, tarixchi olim K.Nurjonovning shoir ijodiga, qoʻlyozmalariga oid maʼruzasi  tadbirga yigʻilgan talaba-yoshlar uchun yangiliklarga boy boʻldi.  
 
    Tadbir davomida sahnada ijro etilgan har bir badiiy chiqishda XX asr she'riyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir Usmon Nosirning ezgu insoniy fazilatlari, Vatanga muhabbat va sadoqati 195-o'zbek tili guruhi talabalari tomonidan mahorat ila madh etildi.

   Tadbir yakunida Filologiya fakulteti dekani D.Gʻayipov soʻzga chiqib, badiiy kechani tashkil etishda faol qatnashgan talabalarni Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari hamrohligida diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi. 

urdu.uz, UNUTMAS MENI BOGʻIM...

urdu.uz, UNUTMAS MENI BOGʻIM...

urdu.uz, UNUTMAS MENI BOGʻIM...

urdu.uz, UNUTMAS MENI BOGʻIM...

Ulashish