Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligiga tayyorgarlik boʻyicha universitetda olib borilayotgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi

Joriy yil 14-noyabr kuni Urganch davlat universitetida “Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligiga tayyorgarlik boʻyicha universitetda olib borilayotgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Urganch davlat universiteti Birinchi prorektori S.Davletov raisligida oʻtkazilgan ushbu ochiq muloqotda UrDU tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, dotsent Y.Rahmonova, “Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi dotsenti, PhD I.Abdullayeva, Tarix fakulteti dekan muovini R.Aniyozov, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi UrDU BT yetakchi A.Samandarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot avvalida Birinchi prorektori S.Davletov “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash toʻgʻrisida” qabul qilingan Prezident qarorining mazmun-mohiyatiga toʻxtalib, universitetda ushbu qarorning ijrosi sifatida amal oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar haqida anjuman ishtirokchilariga atroflicha maʼlumot berdi.

Jumladan, Urganch davlat universiteti bu borada oʼz oldiga qator reja va vazifalarni belgilab olgan. Buyuk olim merosini chuqur oʻrganish, ilm-fan dunyosida allomaning ilmiy merosining oʼrni  beqiyosligini targʻib qilish, ilmiy-amaliy anjuman va turli tadbirlar oʻtkazish orqali buyuk ajdodlarga munosib voris boʼlishlarini talaba-yoshlar ongiga chuqur singdirish kabilar shular sirasidandir.

Ochiq muloqotda soʼzga chiqqan mutaxassislar Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy izlanishlarini yana bir bora yodga oldilar. Kelgusida Beruniyshunoslikni yanada rivojlantirish, xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop qilish, xorijiy markazlar bilan hamkorlikda anjumanlar tashkil etish rejalashtirilganini taʼkidladilar. Talabalarga allomaning ijodini chuqur oʻrganishlari borasida oʻz tavsiyalarini berdilar.

Uchrashuvda talabalar Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi boʻlishlari uchun qilinishi lozim boʻlgan ishlar haqida ham maʼlumotga ega boʻldilar.

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar. 

urdu.uz, “ABU RAYHON BERUNIYNING 1050 YILLIGIGA TAYYORGARLIK BOʻYICHA UNIVERSITETDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

Ulashish