Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Maqsadimiz: kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish !


   2022-yilning 14-noyabr kuni Urganch davlat universitetida tashkil etilgan uchrashuvda Urganch shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Q.Sobirov, Urganch shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtrish bo'limi boshlig'i o'rinbosari X.Matyaqubov, Urganch shahar favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i, podpolkovnik Q.Jumaniyazov va xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i B.Olimov, Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda Urganch davlat universiteti Birinchi prorektori S.Davletov boshchiligida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari va universitetning barcha tyutorlari ishtirok etdilar. 

   Uchrashuvda  15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin xavfsizligi oyligi” munosabati bilan amalga oshiriladigan ishlar muhokama etildi. Xususan, kuz-qish mavsumida ijarada yashovchi talabalarni xavfsizligini ta’minlash maqsadda ularni sharoitlarini oʻrganish boʻyicha hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

   Shundan soʻng, IIB, FVB xodimlari, Mahalla yoshlar yetakchilari hamda tyutorlardan iborat guruhlar shakllantirilib, hamkorlikda kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan talabalar sharoitlarini oʻrganish va profilaktik targʻibot-tashviqot ishlari boshlab yuborildi.

urdu.uz, Maqsadimiz: kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish !

urdu.uz, Maqsadimiz: kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish !

urdu.uz, Maqsadimiz: kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish !

Ulashish