Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Kuz-qish mavsumida ijarada yashovchi talabalarning xavfsizligini ta’minlash yoʻlida

IIB, FVB xodimlari, Mahalla yoshlar yetakchilari hamda universitetimiz tyutorilardan iborat ishchi guruh hamkorlikda kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish yuzasidan talabalar sharoitlarini oʻrganib, profilaktik targʻibot ishlarini olib bormoqdalar. 

▪️ Har bir tyutor oʻziga biriktirilgan akademik guruhidagi ijarada yashovchi talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlarini IIB, FVB xodimlari hamrohligida koʻzdan kechirmoqda. Elektr va isitish tarmoqlaridan toʻgʻri foydalanish, is gazidan zaharlanishni oldini olish, qo'lbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

▪️ Isitish moslamalarida muammo bor xonadonlar egalariga va Urganch shahar gaz ta'minotiga shu joyning oʻzida murojaat qilib, isitish moslamalarini almashtirish xususida ko'rsatmalar berilmoqda.

Jarayon davom etadi…

urdu.uz, Kuz-qish mavsumida ijarada yashovchi talabalarning xavfsizligini ta’minlash yoʻlida

Ulashish