Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Universitetimizda “Xalqaro bag'rikenglik kuni” tadbirlari koʻtarinki ruhda boshlandi

Bugun 16-noyabr – “Xalqaro bag'rikenglik kuni” munosabati bilan universitetimizda Filologiya fakulteti tomonidan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

    Fakultetning rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari ishtirokidagi "Ma'rifat va millatlararo bag'rikenglik" shiori ostidagi ushbu tadbirda fakultet professor-o'qituvchilari so'zga chiqib, bugungi kunning mazmun-mohiyati haqida atroflicha so'z yuritdilar.

   Tadbirda namoyish etilgan taniqli rus yozuvchisi Fyodor Dostayevskiy asarlari asosida tayyorlangan sahna ko'rinishlari yig'ilganlarga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

Badiiy kechada faol ishtirok etgan talabalar fakultet dekanati tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

urdu.uz, Universitetimizda “Xalqaro bag'rikenglik kuni” tadbirlari koʻtarinki ruhda boshlandi

Ulashish