Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Muqaddasdir vatan bayrogʻi


Bayroq - mustaqillik, tinchlik va barqarorlik timsoli! U kuch-qudrat, jasorat va matonat baxsh etguvchidir.  Bayroq- jondek aziz, nondek moʻtabar. Bugungi kunda yoshlarimizni shunday tuyg‘ular, vatanga va davlat ramzlariga  e’tibor va mehr bilan tarbiyalash - ertangi kunimizga mustahkam poydevorni yaratish kabidir. Bugun Urganch davlat universitetida “Muqaddasdir vatan bayrogʻi” shiori ostida oʻtkazilgan maʼnavaiy-maʼrifiy tadbir ham aynan shu maqsadga qaratildi. Tadbir davlatimiz madhiyasini joʻr boʻlib kuylash bilan boshlandi. 

Tadbirda universitet rahbariyati, Tarix fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda universitet talaba-yoshlari ishtirok etdilar. UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib, davlat bayrogʻining tarixiy ahamiyati, bayroq har bir xalqning, millatning gʻurur va iftixori ekanligiga alohida toʻxtaldi.

Shuningdek, tadbirda “Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi” kafedrasi mudiri U.Sheripov, “O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi”  kafedrasi dotsenti Sh.Samanovalar soʻz olib, davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligi, respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgani, bayroq davlat ramzi sifatida qabul qilinishi bilan bog‘liq jarayonlar haqida gapirdilar.  

Tadbirning madaniy dasturida talaba-yoshlar o'zlarining bayrogʻimizni ulugʻlovchi she'rlarini ifodali aytib, vatanparvarlikni tarannum etuvchi qo'shiqlarni ijro etib, yig'ilganlarni xushnud qildilar.

urdu.uz, MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI!

urdu.uz, MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI!

urdu.uz, MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI!

urdu.uz, MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI!

 

Ulashish