Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tabiiy fanlar fakultetida davlat bayrogʻi qabul qilingan kun keng nishonlandi


Bugun respublikamiz boʻylab keng nishonlanayotgan gʻururimiz, faxrimiz -  Davlat bayrogʻimiz qabul qilingan kun UrDU Tabiiy fanlar fakultetida ham katta shodiyona bilan qarshi olindi. Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan tadbirga universitet rahbariyati va fakultet jamoasi jam boʻldi. Bayram kechasini UrDU rektor maslahatchisi R.Sharipov tabrik soʻzlari bilan ochib berdi.

   Shuningdek, tadbirda UzLiDeP Xorazm viloyat kengahi raisi I.Fayzullayev tabrik nutqi bilan ishtirok etib, fakultet talabalariga partiyaga aʼzolik guvohnomalarini va esdalik sovgʻalarini taqdim etdi. 

     Tadbir davomida Urganch shahar 1-sonli Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sh.Xasanov, Shimoliy - gʻarbiy harbiy okrug 53008 harbiy qism kapitani S.Isroilov,  ushbu harbiy qismning Xotin - qizlar va harbiy xizmatchilarining  oila a'zolari bilan ishlovchi mutaxassisi M.Mirzayeva, Milliy gvardiya Xorazm viloyat qoʻriqlash boshqarmasi faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik K.Ibadullayev, Mudofaa vazirligi Urganch shahar faxriylar kengashi a'zosi, mayor R.Matchonov hamda "Ma'rifat" mahallasi fuqarolar yigʻini raisi A.Xodjiyevlarning tabrik soʻzlari tinglandi. 

      Tadbiyning badiiy qismida fakultet iqtidorli talabalarining vatanparvarlikni ulugʻlovchi, davlat bayrogʻini madh etuvchi sheʻrlari, kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga taqdim etildi. 

urdu.uz, Tabiiy fanlar fakultetida davlat bayrogʻi qabul qilingan kun keng nishonlandi

urdu.uz, Tabiiy fanlar fakultetida davlat bayrogʻi qabul qilingan kun keng nishonlandi

urdu.uz, Tabiiy fanlar fakultetida davlat bayrogʻi qabul qilingan kun keng nishonlandi

urdu.uz, Tabiiy fanlar fakultetida davlat bayrogʻi qabul qilingan kun keng nishonlandi

Ulashish