Close
Skip to main content


Urganch davlat universitetida yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari davom etmoqda


Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Bugun Fizika-matematika fakulteti bitiruvchilari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida ishtirok etishmoqda. Sinovlar tasdiqlangan grafik asosida, belgilangan tartib va talablar asosida o‘tkazilmoqda.

Jarayonlarning shaffofligi, adolatliligi hamda bitiruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayrat Raximov bir guruh mas’ullar hamrohligida attestatsiya sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyalarda bo‘ldi. Tashrif davomida sinovlarning tashkil etilishi, baholash jarayonlari va bitiruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.