Close
Skip to main content


Oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul 5-iyundan boshlanadi!


Prezident Farmoniga ko'ra, qabul jarayoni “avval test, so‘ng tanlov” tizimi asosida, 2 bosqichda o'tadi:

1-bosqich: Ro'yxatdan o'tish (5-iyundan 25-iyungacha) Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida onlayn ro'yxatdan o'tadi.

  • Oddiy test topshiruvchilar: Fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududini tanlaydi.

  • Ijodiy/Kasbiy imtihon topshiruvchilar: Ta'lim tili, hudud, yo'nalish va imtihon topshiriladigan oliygohni tanlaydi.

  • Imtihonlar iyul-avgust oylarida bo'lib o'tadi. Test ballari imtihonning ertasigayoq ma'lum bo'ladi.

2-bosqich: Oliygoh va yo'nalish tanlash (Imtihonlar tugagach, 15 kun davomida) Abituriyentlar o'z ballarini bilgan holda quyidagilarni tanlaydi:

  • Oliy ta’lim muassasasi (OTM);

  • Bakalavriat yo'nalishi;

  • Ta'lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki);

  • Tanlov ustuvorligi.

Natijalar: Talabalikka tavsiya etilganlar ro'yxati 2-bosqich tugagandan keyin 1 hafta muddatda e'lon qilinadi.

Texnikumlar uchun qabul: Oliygohlar natijasi chiqqandan keyin, 10 kun davomida texnikum, mutaxassislik va ta’lim shakli tanlanadi. Natijalar 1 haftada chiqadi.

Ma'lumot uchun call-centerlar: Vazirlik: 1006 | Agentlik: 1195 | Telegram-bot: @EduuzUniversalBot