Close
Skip to main content


Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun davlat granti tartibi tasdiqlandi


Yangi Farmon bilan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli davlat granti kvotalarini taqsimlash va moliyalashtirish tartibi belgilandi.

Asosiy qoidalar va muddatlar:

  • 1-iyunga qadar: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi har yili maqsadli grant kvotalarini tasdiqlaydi.

  • Kimlar qatnashadi? Davlat granti asosidagi tanlovda mazkur xorijiy va nodavlat OTMlarga qabul qilingan talabalar ishtirok etishi mumkin.

  • Imtihon fanlari: Tanlov bakalavriat yoʻnalishining fanlar majmuasi boʻyicha boʻladi. Vazirlik har yili 1-iyulga qadar klassifikatorda boʻlmagan yoʻnalishlarning taʼlim sohasiga muvofiqligini belgilaydi va fanlar majmuasini eʼlon qiladi.

  • Saralash muddati (Sentyabr-Oktyabr): Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan, kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa Vazirlik belgilangan OTMlar tomonidan oʻtkaziladi.

  • Grant kimlarga beriladi? Minimal oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplagan talabalarga, ballar ketma-ketligi (reyting) boʻyicha ajratilgan kvota doirasida beriladi.

  • 3 yillik ishlab berish majburiyati: Davlat grantini qoʻlga kiritgan talabalar oʻqishni tamomlagach, davlat (ulushi boʻlgan) tashkilotlarida 3 yil davomida ishlab berish majburiyatini oladi (uch tomonlama shartnoma tuziladi).