Fizika-matematika fakulteti dastlab 1935-1936 o‘quv yilida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash institutining bo‘limi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 1992 yilda Xorazm davlat pedagogika instituti Urganch davlat universitetiga aylantirilishi munosabati bilan fizika-matematika fakulteti tarkibiy tuzilishida o‘zgarishlar ro‘y berdi: avvalo fakultet kafedralari markaziy shaharlardan taklif qilingan yetuk mutaxassis kadrlar bilan boyitildi. Fakultetda yangi ilmiy pedagogik yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi “Funksiyalar nazariyasi”, “Informatika va HT”, “Fizika” kafedralari, “Algebra va geometriya” kafedrasi asosida yangi “Amaliy matematika” kafedrasi faoliyat ko‘rsata boshladi. 1994-1996 yillarda fakultetga f.-m.f.d. A.B.Hasanov, 1996-1999 yillarda f.-m.f.n, dotsent O.I.Asqarov, 1999-2009 yillarda f.-m.f.d., professor A.B. Hasanov, 2009-2015 yillarda f.-m.f.n., dotsent B.I.Abdullayevlar rahbarlik qilib, fakultetda o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy va ilmiy metodik ishlarning yuqori saviyada tashkil etilishiga, professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshishiga katta hissa qo‘shdilar.
2015 yildan boshlab fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida f.-m.f.n., dotsent J. Xujamov ishlab kelmoqda.
Fakultetda o‘quv jarayoni
Hozirda fizika-matematika fakultetida 4 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda prоfessor-o‘qituvchilar soni jami 112 nafarni tashkil qilib, shundan 85 nafari asosiy shtatda (ulardan 7 nafari fan doktorlari, 23 nafari fan nomzodlari va PhD), 15 nafari ichki o‘rindoshlik asosida (ulardan 6 nafari fan nomzodlari va PhD) va 12 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida (ulardan 3 nafari fan doktorlari, 3 nafari fan nomzodlari va PhD) faoliyat olib boradi.
Fakultetda 4 ta bakalavr yo‘nalishi va 10 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda:
70540101-Matematika (Algebra va geometriya) yo’nalishi.
Ilmiy tadqiqot yo’nalishlari
Kompleks potensiallar nazariyasi va dinamik sistemalar
Shturm-Liuvill operatori uchun sochilish nazariyasining to‘g’ri va teskari masalalari
Nochiziqli evolyutsion tenglamalarni integrallash
Biomexanik jarayonlarni matematik modellashtirish
Yarim o‘tkazgich materiallar va yarim o‘tkazgich asboblardagi fizik jarayonlarni modellashtirish
Qattiq jism sirtidagi ion-atom to‘qnashuvi jarayonlarini modellashtirish
Fizika fanini o‘qitish sohasida noan’anaviy usullardan foydalanish metodikasi
Fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan fundamental tadqiqotlar loyihalari
1. 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan FL-8824063312-raqamli “Havodagi uchuvchi organik birikmalar va chiqindisuvlaridagi organik ifloslantiruvchi moddalarni parchalash uchun Plazma yordamida kompozitkatalizatorlarni sintez qilish metodini rivojlantirish” mavzusidagi “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma fundamental tadqiqot loyihasi.
2. 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-307-sonli qarori asosida Urganch davlat universiteti tomonidan moliyalashtirilgan "Quyosh batareyalari uchun samarali kompozitsion qoplamalar yaratish" amaliy-drayver grant loyihasi.
3. 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-307-sonli qarori asosida Urganch davlat universiteti tomonidan moliyalashtirilgan "Quyosh panellariga turli tashqi omillarning ta’sirini kompleks o‘rganish uchun kompyuterda boshqariladigan uskuna ishlab chiqarish" amaliy-drayver grant loyihasi.
4. 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan UZB-Ind-2021-80 raqamli “Zatvor bilan o‘ralgan tartiblangan nanoplastinkalar asosidagi MOYa tranzistorda o‘z-o‘zidan qizish effektini o‘rganish ” mavzusidagi “Oʻzbekiston-Hindiston” xalqaro qo‘shma fundamental tadqiqot loyihasi.
5. SILKWAY (Development of transversal and sustainable skills for the production of electricity and heat from renewable energy) — bu Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Erasmus+ CBHE (Capacity Building in Higher Education) dasturi doirasidagi xalqaro loyiha bo‘lib, Ispaniyaning Kadis universiteti (University of Cadiz) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Loyiha O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalarida qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi, aylanma iqtisodiyot va biznes rivojlantirish sohalarida zamonaviy o‘quv kurslari va laboratoriyalarni yaratish orqali talabalar, o‘qituvchilar hamda mutaxassislarning ko‘nikmalarini rivojlantirishni maqsad qiladi. Loyiha 36 oy muddatga moliyalashtiriladi hamda ajratilgan grant miqdori 799 541,34 yevroni tashkil qiladi.
Xorijiy grantlar bo‘yicha bajarilgan ishlar
Bugungi kunga qadar fakultetda xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro ilmiy va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fakultet professor-o‘qituvchilari turli loyihalarda qatnashmoqdalar. Jumladan, “Matematik tahlil” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan B.Abdullaev, A.Atamuratov va M.Vaisovalar Rossiya-O‘zbekiston hamkorligidagi MRU-OT-9/2017 “Многомерный комплексный анализ” grant loyihasida ishlab kelmoqdalar.
“Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 2015-2018 yillarga mo‘ljallangan Erasmus + dasturi asosida “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master program” nomli loyiha 3 yillik muddatga yutib olingan edi. Bu loyiha bu yil muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyihada asosan fakultetda matematik injineringi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kursi tashkil qilinishi mo‘ljallangan edi. Bu loyihada Evropa Ittifoqining bir qator (Ispaniya, Italiya, Sloveniya) davlatlari ilmiy izlanish markazlari hamkorlik qilishdi. Loyihaning umumiy hajmi 636 496 evroni tashkil qiladi. Loyiha asosida 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 5A130104-Matematik injeniring magistratura mutaxassisligiga qabul o‘tkazilmoqda. Magistraturada o‘qitiladigan fanlarning ma’lum qismi ingliz tilida ta’lim berilmoqda.
“Axborot texnologiyalari” va “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedralari o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Samarqand Davlat chet tillari universitetlari bilan hamkorlikda 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan ERASMUS+ dasturi asosida “СLASS - Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP raqamli loyiha yutib olindi. Ushbu loyihadan maqsad Respublikamizda shu yo‘nalishdagi xorijiy yetakchi universitetlar bilan hamkorlikda ularning tajribalarini o‘rganish, kompyuter lingvistikasi bo‘yicha o‘quv rejalarini, fan dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, moddiy texnik bazani shakllantirish va yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Loyihaning umumiy byudjeti 761 450 evroni tashkil qiladi. Loyiha asosida 2019-2020 o‘quv yili uchun Kompyuter lingvistikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul o‘tkazildi.
“Fizika” kafedrasida ERASMUS+ dasturining RENES loyihasi (2016-2019 yillar) asosida 5А140208 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi mutaxassisligi tashkil qilindi va o‘quv xonalari eng zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan jihozlandi.
“Fizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "MIR SOLAR" MCHJ va Urganch davlat universiteti o'rtasida qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik to'g'risida (О сотрудничестве по подготовке кадров в области возобновляемых источников энергии между ООО «MIR SOLAR» и Ургенчским государственным университетом) 2020 yil 22 iyundan to 2025 yil 21 iyungacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.
Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi «Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4708-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda 2021-yil 25-oktabr kuni Urganch davlat universitetida Xalqaro nazariy va amaliy matematika markazi (CIMPA - Centre International de Mathématiques Pures et Appliquées) va Xalqaro matematiklar uyushmasi (CDC- Commission for Developing Countries, IMU-International Mathematical Union), Xorazm Ma’mun Akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “Kompleks analiz, geometriya va dinamika” mavzusidagi xalqaro maktab (CIMPA school) aralash shaklda (online hamda oflayn) o‘tkazildi. Xalqaro maktada akademik A.Sa’dullayev, prof. Judith Brinkschulte, prof. Eleonora Di Nezzalarning ma’ruzalari eshitildi. Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi Mamadsho Ilolov universitetimizga tashrif buyurib, dars mashg`ulotlarida ishtirok etdi.
Xalqaro konferensiyalar tashkil qilish
- The First USA-Uzbekistan conference on Analysis and Mathematical Physics, May 20-23, 2014, California State University, Fullerton
- The Second USA-Uzbekistan conference on Analysis and Mathematical Physics, August 8-12, 2017, Urgench State University, Urgench
Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi
2024-2025 yillarda fakultet professor-o‘qituvchilaridan 3 nafari DSc va 5 nafari PhD dissertatsiya ishini himoya qildi.
Doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish (DSc):
1. 2024-yil 24-yanvarda “Fizika” kafedrasi dotsenti Razzakov Alijon Shonazarovich 01.04.10 – “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoya qildi.
2. 2024-yil 27-fevralda “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi dotsenti Xoitmetov Umid Azadovich 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoya qildi.
3. 2025-yil 18-fevralda “Matematik tahlil” kafedrasi dotsenti Atamuratov Alimardon Abdirimovich 01.01.01 – “Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoya qildi.
PhD dissertatsiyalarini himoya qilish:
1. 2024-yil 29-mayda “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ro‘zmetov Murod Marksovich 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoya qildi.
2. 2025-yil 1-martda “Matematik tahlil” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamolov Xursandbek Qurolboevich 01.01.01-“Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoya qildi.
3. 2025-yil 1-martda “Matematik tahlil” kafedrasi katta o‘qituvchisi Qalandarova Dildora Abdullayevna 01.01.01-“Matematik analiz” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoya qildi.
4. 2025-yil 4-iyunda “Fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saparov Xushnudbek Sharipbayevich 01.04.10 – “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoya qildi.
5. 2025-yil 11-iyulda “Fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Bobojonov Komiljon Abdusharipovich 01.04.10 – “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoya qildi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash
2018-2019 o‘quv yilda 20 nafar talaba Urganch davlat universitetining iqtidorli talabasi maqomiga ega bo‘lishdi, shulardan 2 nafari Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori. 2018-2019 o‘quv yilida “amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ismoilov Muxiddin, 2019-2020 o‘quv yilida “fizika” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Otaboyeva Kamola Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi, 2020-2021 o‘quv yilida “Fizika” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Otaboyev Mexroj Uchqun o‘g‘li Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi.
“Amaliy matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishi talabasi Fayzullaev Bexzod 2019 yilgi respublika matematika fan olimpiadasida 3-o‘rin g‘olibi, 2018 yilgi birinchi Al-Xorazmiy xalqaro matematika fan olimpiadasida bronza medali sohibi, 2018 yilgi xalqaro Sibir matematika olimpiadasida kumush medal sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari “Matematika” ta’lim yo‘nalishi talabalari Tojiboeva Husniya, Iskandarov Sanjar, Allaberganov Olimboylar ham mazkur olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Xalqaro Sibir matematika olimpiadasida jamoaviy hisobda bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.
3 nafar iqtidorli talaba 2018 yil 1-2 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrining Kazakh-British Technical Universityda o‘tkazilgan ACM ICPC dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiadasining Shimoliy-Evroosiyo hududiy yarim final bosqichida qatnashib, faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
“Fizika” ta’lim yo‘nalishi talabasi Yaxshimurodov Bahodir 2019 yil o‘tkazilgan astronomiya va astrofizika fanidan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi, Bekberganov Alisher fizika fanidan o‘tkazilgan respublika fan olimpiadasida 3- o‘rinni egalladi.
“Fizika” ta’lim yo‘nalishi talabalari 2020 yil O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasida “Fizika va astronomiya asoslari” fanidan Urganch davlat universiteti 4 bosqich talabasi Rajabov Otamurod (1-O‘rin), Fizika yo‘nalishi 3 bosqich talabasi Matyoqubov Sarvarbek (2-O‘rin), Masharipov Shaxzod (3-O‘rin) faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Amaliy matematika va informatika ta'lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Fayzullaev Bexzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qaroriga muvofiq ta'sis etilgan Matematika ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindori bo‘ldi.
2021 yil 5-8 may kunlariTurkmanistonRespublikasi Ashgabat shaxridaTurkmanistonTa’limVazirligiGumanitarfanlarvarivojlanishxalqarouniversiteti (IUHD) tomonidano‘tkazilganUniversitetlartalabalariuchunochiqMatematikaolimpiadasidaFizika-matematikafakultetidan 5 nafartalabaqatnashib 2 nafari I-darajalidiplom, 1 nafari II-darajalidiplomva 2 nafari III-darajalidiplomsohibibo‘ldilar.
Talaba ism familiyasi
Ta’lim yo‘nalishi va guruhi
Olgan diplom darajasi
1
Fayzullaev Bekzod
Amaliy matematika va informatika, 171-guruh
I-darajali diplom
2
Yuldashev Bekzod
Matematika, 181-guruh
I-darajali diplom
3
Karimov Hikmatjon
Matematika, 192-guruh
II-darajali diplom
4
Amanbayev Norbek
Matematika, 193-guruh
III-darajali diplom
5
Ismoilov Islombek
Matematika, 193-guruh
III-darajali diplom
2021 yilning 2-7 avgust kunlari universitetlar talabalari o‘rtasidagi Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC - International Mathematical Competition) gaO‘zbekistonlik 17 nafar talaba terma jamoa sifatidaqanashdi. Olimpiada natijalariga ko‘ra, Urganch davlat universitetimatematikata’limyo‘nalishi 193-guruh talabasi Islombek Ismoilov oltin medal sohibi bo‘ldi.