Toza hudud — sog‘lom hayot!
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi tashabbusi bilan, Viloyat Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida Urganch shahrida “Toza hudud — sogʻlom hayot!” shiori ostida plogging aksiyasi tashkil etildi.
Tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudirasi S. Babajanova boshchiligida kafedra oʻqituvchilari hamda 221-, 222-, 223-guruh ekologiya yoʻnalishi talabalari faol ishtirok etdi.
Aksiya davomida ishtirokchilar shaharniñ turli hududlarini tozalab, aholi orasida ekologik madaniyatni oshirish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.
Bunday tashabbuslar atrof-muhitni asrash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va yoshlarning ekologik mas'uliyatini oshirish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.