Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xushnud Babajonov tavalludining 80 yilligi va ilmiy-pedagogik faoliyatining 55 yilligiga bag‘ishlab adabiy-badiiy kecha o`tkazildi


2021-yilning 4-iyun kuni Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida faxriy ustoz, professor Xushnut Babajonov tavalludining 80 yilligi va ilmiy-pedagogik faoliyatining 55 yilligiga bag‘ishlab adabiy-badiiy kecha o`tkazildi. Tadbirda ustozning  kasbdosh  do`stlari, shogirdlari  qatnashdilar.
Urganch davlat universiteti XUSHNUT BABAJONOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI VA ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATINING 55 YILLIGIGA BAG‘ISHLAB ADABIY-BADIIY KECHA O`TKAZILDI
Shu jumladan, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d.S.Ro‘zimboyev, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d. Zaribboy Do‘simov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d H.Abdullayev, Filologiya fakulteti dekani, f.f.n.,dots. D.Q.G‘ayipov, iqtisod fanlari doktori T.Do`schanov, filologiya fanlari doktori O.Cho`ponov,  Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri O‘.Qalandarov, O‘zbek  tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.n.,dots. S.Matkarimovalar so`zga chiqib,  olim haqida juda iliq va qimmatli ma'lumotlarni aytib o`tishdi. 
Urganch davlat universiteti XUSHNUT BABAJONOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI VA ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATINING 55 YILLIGIGA BAG‘ISHLAB ADABIY-BADIIY KECHA O`TKAZILDI
Ustozning ibratli hayot yo`li,  ilm dargohidagi mashaqqatli izlanishlari haqida qiziqarli voqealarni xotirladilar. Tadbirda fakultet talabalari tomonidan ustozlik ehtiromi haqidagi she'r, kuy va qo`shiqlar ijro qilindi.  Tadbir nihoyasida talabalar tomonidan qilingan savol-javoblar  uni yanada jonli, samimiy va yuqori shukuhda o`tishini ta'minladi.
Urganch davlat universiteti XUSHNUT BABAJONOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI VA ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATINING 55 YILLIGIGA BAG‘ISHLAB ADABIY-BADIIY KECHA O`TKAZILDI
 
Uchrashuv Xorazm teleradiokompaniyasi ijodkorlari tomonidan tadbir suratga olindi.

Ulashish