Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyatida quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilari uchun o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv seminar-trening tingovchilariga sertifikatlar topshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi doirasida tizimli ravishda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlarini “mahallabay” va “fuqarobay” ishlashga o‘rgatish, shuningdek ularga respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning tub mazmun-mohiyatini yetkazish, sohalar yuzasidan tayanch bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha malakasini oshirib borish borasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Xorazm viloyati filiali tomonidan viloyat hokimligi, Urganch davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Urganch hududiy filiali bilan hamkorlikda 2021-yil 24-28 may hamda 1-5 iyun kunlari tuman (shahar)lar hokimliklarida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilari uchun o‘quv seminar-treninglar tashkil etildi.
Urganch Davlat Universiteti quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilari uchun o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv seminar-trening tingovchilariga sertifikatlar topshirildi
Treninglarda tuman, shahar hokimlarining  moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish hamda investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha mutaxassislari, sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassislari, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mutaxassislar,  Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha hokimlar o‘rinbosarlarining bosh mutaxassislari ishtirok etishdi. 
Urganch Davlat Universiteti quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilari uchun o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv seminar-trening tingovchilariga sertifikatlar topshirildi
O‘quv mashg‘ulotlari Urganch davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Urganch hududiy filiali professor -o‘qituvchilari, shuningdek davlat organlaridan taklif qilingan amaliyotchi mutaxassislar tomonidan olib borildi.
Urganch Davlat Universiteti quyi bo‘g‘in davlat xizmatchilari uchun o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv seminar-trening tingovchilariga sertifikatlar topshirildi
Besh kun davom etgan o‘quv kurs yakuni bo‘yicha tinglovchilarning olgan bilim va ko‘nikmalari yuzasidan test sinovlari o‘tkazildi.  Malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Ulashish