Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasiga nomzodlarni saralash jarayonining birinchi bosqichi o`tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta‘lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadidagi 2020-yil 6-noyabrdagi 691-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi  Nizomga muvofiq,   ayni kunlarda Urganch davlat universitetida  Kamoliddin  Behzod   nomidagi   davlat  stipendiyasiga    nomzodlarni    saralash  jarayonining  1–bosqichi o‘tkazildi. 

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA KAMOLIDDIN  BEHZOD   NOMIDAGI   DAVLAT  STIPENDIYASIGA    NOMZODLARNI    SARALASH  JARAYONINING BIRINCHI BOSQICHI O`TKAZILDI

Birinchi bosqich tanlovi 4 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi va unda quyidagi talabalar I-darajali Diplomlar bilan taqdirlanib, respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdilar.

✔️1.Ro`zmetova Surayyo Bekpo`lat qizi – San’atshunoslik fakulteti Rangtasvir (dastgohli) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi - Rangtasvir yo‘nalishi bo‘yicha  
✔️2.Yaqubova Mahliyo Ikramovna – San’atshunoslik fakulteti  Rangtasvir (dastgohli) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi - Dastgohli rangtasvir yo‘nalishi bo‘yicha 
✔️3.Farhodzoda Mehriniso Sherzod qizi  –  San’atshunoslik fakulteti  Amaliy san’at badiiy kulolchilik ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi - Amaliy san’at turlari bo‘yicha 
✔️4.Raimboyeva Shohzoda Shonazar qizi –  San’atshunoslik fakulteti  Amaliy san’at badiiy kulolchilik ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi  - Miniatyura yo‘nalishi bo‘yicha 

Nomzodlarimizni samimiy qutlagan holda ularning barchasiga tanlovning respublika bosqichida ham yuqori marralarni zabt etishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Ulashish