Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Talaba va Yoshlar forumi” doirasidagi “Nima?, Qayerda?, Qachon?” bellashuvining hududiy bosqichi bo`lib o`tdi


2021-yil 22-iyun kuni Urganch davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari o‘rtasida 30-iyun “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida mamlakatimizdagi keng ko`lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o`zlashtirgan, har tomonlama sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish va ularga o`z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan  “Talaba va yoshlar forumi” doirasidagi “Nima?, Qayerda?, Qachon?” bellashuvining Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Urganch davlat universiteti, “TALABA VA YOSHLAR FORUMI” DOIRASIDAGI “NIMA?, QAYERDA?, QACHON?” BELLASHUVINING HUDUDIY BOSQICHI BO`LIB O`TDI
Bellashuv Urganch davlat universitetining Madaniyat saroyida o`tkazilib, unda Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoalari ishtirok etdilar. 
 
Bellashuvni UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov kirish so`zi bilan ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.
Urganch davlat universiteti, “TALABA VA YOSHLAR FORUMI” DOIRASIDAGI “NIMA?, QAYERDA?, QACHON?” BELLASHUVINING HUDUDIY BOSQICHI BO`LIB O`TDI
O`yin yuqori saviyada, qizg`in bahs-munozaralarga boy tarzda o`tdi. Bellashuv doirasidagi bir-biridan qiziqarli savollar talaba-yoshlarning bilimini chin ma`noda sinovdan o`tkaza oldi.  Yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin: UrDU "IDROK" jamoasi;
2-o‘rin: TTA UF "Ibn Sino izdoshlari" jamoasi;
3-o‘rin: TATU UF "Diomond" jamoasi.
Urganch davlat universiteti, “TALABA VA YOSHLAR FORUMI” DOIRASIDAGI “NIMA?, QAYERDA?, QACHON?” BELLASHUVINING HUDUDIY BOSQICHI BO`LIB O`TDI
Bellashuv  "Zakovat" intellektual o‘yini Xorazm viloyati koordinatori o‘rinbosari Behzod Jumanov tomonidan olib borildi.

Ulashish