Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



2021-yil 2-iyul kuni Urganch davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Majlis universitet rektori raisligida, kengash a`zolari ishtirokida o`tkazildi. Ushbu kengashda akademik Azimboy Sa`dullayev ishtirok etib,  kengash a`zolari bilan uchrashuv o`tkazdi. Unda bugungi kundagi oliy ta`limda olib borilayotgan islohotlar, ilmiy maqolalar chop etishning samaradorligi, oliy ta`lim tizimida xorijiy tillarga bo`lgan extiyoj kabi masalalar bo`yicha ma`ruza qildi.
2021-yil 2-iyul kuni Urganch davlat universiteti  Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so`ng, Kengash o`z ishini an`anaga muvofiq, bir nechta quvonchli xushxabarlar bilan boshladi.
Jumladan, O`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti D.Yuldoshevga Fan doktori diplomini,  shuningdek, O`zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Q.Olloyorov, Kimyo kafedrasi dotsenti X.Azizjonov hamda Fizika kafedrasi dotsenti A.Razzoqovlarga dotsentlik diplomlarini akademik Azimboy Sa`dullayev tantanali topshirar ekan, ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, ilm sari olg`a qadam bosishdan to`xtamaslikka chaqirdi.
2021-yil 2-iyul kuni Urganch davlat universiteti  Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Universitet rektori Baxrom Abdullayev 28-iyun kuni Urganch shahrining Yoshlar markazida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi hamda ''Diplomot'' jamoasi bilan birgalikda o`tkazilgan "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining Xorazm viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan Urganch davlat universitetining "Yoshulilar"  terma jamoasini ushbu g`alaba bilan samimiy tabriklab, sovrin va diplomlarini topshirdi.
2021-yil 2-iyul kuni Urganch davlat universiteti  Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so`ng, kengash  kun tartibidagi masalalar yuzasidan o`z ishini davom ettirdi.

Ulashish