Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yuksak yutuqlar –yuksak parvozlarga yetaklaydi


Xabaringiz bor,  kuni kecha  Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyev  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu e’tirof etilganlar safida Urganch davlat universiteti professor-o`qituvchilari bor.  Jumladan:

 Abdirimov Bekzod Muratbayevich – Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining Xorazm viloyat bo`limi rahbari, UrDU Tarix kafedrasi o`qituvchisi.  “Shuhrat” medali bilan;

 Bekimmetov Umidjan Tajimurotovich – Xorazm Ma`mun akademiyasi tayanch doktaranti, UrDU Tarix kafedrasi o`qituvchisi.  “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

UrDU jamoasi  ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy muborakbod etadi. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda zafarlar tilaydi.

urdu.uz;Yuksak yutuqlar –yuksak parvozlarga yetaklaydiurdu.uz;Yuksak yutuqlar –yuksak parvozlarga yetaklaydi

 

Ulashish