Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yangi O`zbekiston farzandiga faqat g`alabalar yarashadi


Xabaringiz bor,  Yaponiyaning  Tokio shahrida  Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari start olib, bugun, 27-avgust sanasida Urganch davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 184-guruh talabasi Uchqunbek Quranboyev dzyudo bo`yicha final bellashuvida  ilk Oltin medalni qo`lga kiritdi.

Ushbu faxrli g`alaba munosabati bilan  qahramonimiz Uchqunbekni oila a`zolarini qutlash niyatida  universitet rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida  Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Sanjar Ko`palov hamda fakultet o`quv ishlari bo`yicha dekan muovini Ne`mat Ro`zmetovlar Bog`ot tumanida yashovchi  Umrbek Ahmedov hamda Ruhiya Matnazarovalar  xonadonida bo`ldilar.

Rektor Baxrom Abdullayev ushbu g`alaba bayramga ajoyib tuhfa bo`lganini alohida quvonch bilan ta`kidladi. Butun O`zbekiston, qolaversa,   Xorazm faxriga aylangan  Uchqunbek universitetimiz talabasi ekanidan mamnuniyatini izhor etib,   mard va jasoratli o‘g‘ilni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasiga tashakkur bildirdi. 

Tashrifdan boshi osmonga yetgan  Umrbek Ahmedov hamda Ruhiya Matnazarovalar  universitet jamoasiga  hurmat-ehtirom bildirib, universitet rahbariyatiga hamda Uchqunbekni ustozlariga o`z minnatdorchiligini izhor etdilar.

urdu.uz

urdu.uz

urdu.uz

Ulashish