Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mustaqillik darslarini tashkil etishga qaratilgan seminar-trening o`tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi  PQ-5040-son qarori hamda “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash  va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining  2021-yil 24-avgustdagi “Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va “Mustaqillik darsi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  2021-yilning 31-avgust sanasida  “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida  bir martalik  “Mustaqillik darsi”larini tashkil etishga qaratilgan seminar-trening  bo`lib o`tdi.  

Trening universitet Yoshlar masalalari, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor Sanjar Davletov raisligida barcha fakultetlarning Yoshlar masalalari bo`yicha dekan muovinlari, fakultetlar murabbiylar kengashi raislari, Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi,   universitet professor-o`qituvchilari ishtirokida o`tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning so‘nggi ikki oyi davomida o‘tkazilgan yirik xalqaro va davlat tadbirlari hamda bayram tantanalarida so‘zlagan nutqlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari  vakillariga bergan intervyulari asosida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Mustaqillik darsi”ni tashkil etish bo`yicha metodik tavsiyalar berilib, bu borada  professor-o`qituvchilar tomonidan takliflar bildirildi.

urdu.uz;Mustaqillik darslarini tashkil etishga qaratilgan seminar-trening  o`tkazildi

urdu.uz;Mustaqillik darslarini tashkil etishga qaratilgan seminar-trening  o`tkazildi

urdu.uz;Mustaqillik darslarini tashkil etishga qaratilgan seminar-trening  o`tkazildi

urdu.uz;Mustaqillik darslarini tashkil etishga qaratilgan seminar-trening  o`tkazildi

Ulashish