Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Pedagogika fakulteti tomonidan “Yosh kitobxon” ko'rik-tanlovi o‘tkazildi


Joriy yil 24-mart kuni  Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti tomonidan tashkil etilgan Pedagogika fakulteti haftaligi doirasida "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirni UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva ochib berdi.Tanlovda har bir yo'nalishdan 1 tadan jamoa, jami 4 ta jamoa ishtirok etdi. Muhokama uchun mashhur adibimiz G‘afur G'ulomning "Shum bola" asari tanlangan edi. 

Jamoalar asar yuzasidan savol-javob, asar asosida sahna ko‘rinishi va asar qahramonlarining suratini chizish shartlari orqali o‘zaro kuch sinashdi.

▪️Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o‘rin: BT yo‘nalishining "Tafakkur" jamoasiga;
2-o‘rin: MT yo‘nalishining "Shumtakalar" jamoasiga;
3-o‘rin: PP yo‘nalishining "Shum qizlar" jamoasiga nasib etdi.

Faol ishtirok etgan talabalar va g‘oliblar Universitet maʼmuriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

urdu.uz, Pedagogika fakulteti tomonidan “Yosh kitobxon” ko'rik-tanlovi o‘tkazildi

urdu.uz, Pedagogika fakulteti tomonidan “Yosh kitobxon” ko'rik-tanlovi o‘tkazildi

urdu.uz, Pedagogika fakulteti tomonidan “Yosh kitobxon” ko'rik-tanlovi o‘tkazildi

Ulashish