Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Luqmon Bo'rixon hamda Abdusaid Isakovlar bilan adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi


Bugun, 25-mart kuni UrDU Madaniyat saroyida "Sirli muallim", "Bir tomchi yosh", "Jaziramadagi odamlar", "Temir yo'l", "Xizr ko'rgan yigit" kabi qator roman, qissa va hikoyalar muallifi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Luqmon Bo'rixon hamda texnika fanlari doktori, professor Abdusaid Isakovlar ishtirokida adabiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvga Filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilar, yosh olimlar,  talaba-yoshlar, darhaqiqat, oʻzbek adabiyotimizning chin maʼnodagi  muxlislari jamlandi.  Mazkur uchrashuvga  f.f.d., Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipov moderatorlik qildi. 

Ma'lumki, har mavsumda respublikamizning til va adabiyot sohasida faoliyat yuritayotgan taniqli olim-u  ijodkorlari bilan bir qator uchrashuvlar tashkil qilish an'ana tusiga kirgan.

Madaniyat saroyga yig'ilgan barcha adabiyot ixlosmandlari uchun qiziqarli tus olgan uchrashuvda mehmonlarimiz o‘z faoliyatlari va ijodlari haqida so‘zlab berishdi. Yosh ijodkorlar oʻz tavsiyalarini berdilar. Talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

urdu.uz, Luqmon Bo'rixon hamda Abdusaid Isakovlar bilan adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Luqmon Bo'rixon hamda Abdusaid Isakovlar bilan adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, Luqmon Bo'rixon hamda Abdusaid Isakovlar bilan adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi

 

Ulashish