Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yoshlarni tarbiyalashdagi masʼuliyat - har qachongidan muhim!


Bugun butun mamlakat yoshlarga juda katta ishonch birldirmoqda. Chunki, ular kelajagimizning bunyodkori,  ilm ravnaqining asoschilari va yurt shaʼni, xalq gʻururini namoyon qilishga qodir kuch hisoblanadi.

Oʻz oʻrnida yoshlarimiz ham oʻzining vatanparvarligi, fidoyiligi, tashabbuskorligi hamda ilmga boʻlgan qiziqishi, namunali xulqi  va goʻzal tarbiyasi bilan bu ishonchni oqlashga sidqildildan bel bogʻlamoqdalar. Bunday  ilmsevar, tirishqoq va har tomonlama ilgʻor yoshlar Urganch davlat universitetida ham bisyordir. Universitet rektori Baxrom Abdullayev shunday talabalardan bir guruhining ota-onalari va ular yashayotagn mahalla fuqarolari yigʻini raislariga Minnatdorchilik xatlarini yoʻlladi.

Xususan, kecha 31-mart sanasida Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari tomonidan  fakultetning iqtidorli talabalardan biri, ko‘plab tanlov, festival va forumlar faoli, “Biologiya” yoʻnalishi  3-bosqich talabasi Raxmatova Guli Rustamovnaning yashash manziliga va mahallasiga borib,   yoshlarni tarbiyalashda masʼuliyat bilan yondashganliklari uchun  MFY raisi R.Yunusovga va talabaning ota-onasiga Minnatdorchilik xatini mamnuniyat ila topshirdilar.

urdu.uz, Yoshlarni tarbiyalashdagi masʼuliyat - har qachongidan muhim!

urdu.uz, Yoshlarni tarbiyalashdagi masʼuliyat - har qachongidan muhim!

urdu.uz, Yoshlarni tarbiyalashdagi masʼuliyat - har qachongidan muhim!

Ulashish