Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Isroilda O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida forum oʻtkazildi


Shu yilning 4-7 aprel kunlari Isroil davlatining Xolon texnologiya institutida O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan mavjud hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish maqsadida  forum oʻtkazildi. 

Unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiya ishtirok etdi.  
Mazkur forumda UrDUdan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov qatnashdi.

Delegatsiya aʼzolari  forum doirasida Iyerusalimdagi yahudiy universitetida boʻlib,  Vitse prezident bilan uchrashdilar. Unda oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolashga, 3+1 shaklda bakalavr tayyorlash,  yosh olimlarni stajirovka va doktoranturaga yuborish, ikki tomonlama ilmiy rahbar tayinlash va hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib borishga kelishildi.

urdu.uz, Isroilda O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida forum oʻtkazildi

urdu.uz, Isroilda O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida forum oʻtkazildi

urdu.uz, Isroilda O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida forum oʻtkazildi

Ulashish